Yakkasaroy tumani,
Glinka ko'chasi, 29 uy
Telefon :
911359996

KOMPANIYA HAQIDAGI MA’LUMOT

«Mega Courier Express» MChJ Oʻzbekiston bozorida MCE Courier savdo markasi ostida 2013 yilda oʻzining kuryerlik faoliyatini boshladi.

Bizning kompaniyamiz Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻz filiallari va vakolatxonalari tarmogʻini keng rivojlantirib bormoqda. 2019 yildan boshlab MSE oʻz sheriklari orqali xalqaro kuryerlik xizmatlarini yoʻlga qoʻydi va dunyoning 97 mamlakatlariga joʻnatmalarni yetkazib berishi mumkin.

Bugungi kunda kompaniyamiz Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab kuryerlik xizmatlarini va yuk tashuvlarini taqdim etish sohasida ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida oʻzini koʻrsatdi.

Bizning mijozlarimiz – kichik va oʻrta biznes vakillari, yirik oʻzbekistonlik va xalqaro kompaniyalar hamda xususiy shaxslardir. Komandaning jipslashgan va tartibli ishlashi, logistika sxemalari, keng transport imkoniyatlari va joʻnatmalar «door to door» («eshikdan eshikkaga») tamoyili boʻyicha tezkor yetkazib berilishi tufayli bizning mijozlarimiz faoliyatimizdan mamnun boʻlmoqdalar.

Kuryerlik xizmatlariga qoʻshimcha, mijozlarimizga koʻproq qulaylik yaratish uchun, biz shaxsiy kabinetdan foydalanish imkoniyatlari, treking, katta imkoniyatli telegramm bot, ombor logistikasi hamda internet-magazinlar-fulfilment uchun yechimlarning toʻliq majmuini taqdim etayapmiz.