Yakkasaroy tumani,
Glinka ko'chasi, 29 uy
Telefon :
911359996

НАШИ УСЛУГИ

Oddiy yetkazib berish

Mega Courier Express kuniga turli joʻnatmalarni butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib bermoqda. Bular qatorida xat-xabarlar, pochta, posilkalar, mayda va yirik yuklar hamda harorat rejimini saqlashni talab qiladigan yuklar boʻlishi mumkin.

Kur’erlik yetkazib berish shaharlar va aholi yashash punktlariga, shu jumladan mamlakatning eng olis hududlariga amalga oshiriladi. Kompaniyaning xizmatlariga ham xususiy shaxslar, ham B2B va B2C sektorlari vakillari ishonch bildiradilar. MCE kuryerlik xizmatiga murojaat etib, mijozlar ularning xat-xabarlari va yuklari belgilangan manzillarga eng qisqa muddatlarda yetkazib berilishiga amin boʻlishlari mumkin.

Oʻzbekiston boʻylab joʻnatmalarni yetkazib berish muddatlari, belgilangan manzilning uzoqligiga qarab, bir ish kunidan uch ish kunigacha vaqtni tashkil qilishi mumkin.



Ekspress yetkazib berish

Ekspress yetkazib berish – bu tezlashtirilgan yetkazib berishdir. Mega Courier Express ekspress yetkazib berish – bu nafaqat shahar doiralarida, balki butun respublika boʻylab pochta va yuklarni oʻz vaqtida va tez fursatlarda yetkazib berishdir.

Joʻnatmalarni yetkazib berishning eng kichik muddati talabnoma joylashtirilgan damdan boshlab 1 soatdan 24 soatgacha vaqtni tashkil qiladi. Ushbu xizmatdan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Kompaniyaning barcha mijozlari yuqori darajadagi servis xizmatlari koʻrsatilishi va qoʻyilgan vazifalarni bajarishda individual yondashuvga umid qilishlari mumkin.



Yuk tashuvlari

Yigʻma yuklar boʻyicha yuk tashuvlari xizmatlari 1 kg dan 5 tonnagacha yukni «qoʻldan qoʻlga» yetkazib berish tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi. Yuk tashuvlari shaharlar va aholi yashash punktlari, shu jumladan mamlakatning eng olis hududlari boʻylab amalga oshiriladi. MCE kuryerlik xizmatiga murojaat etib, siz yuklaringizni kompaniya sayti orqali kuzatib borish, menejer bilan chat orqali muloqot qilish imkoniyatlaridan foydalanish hamda yuklar bilan birga hujjatlarni ham yetkazib berganimizdan keyin imzolangan hujjatlarni joʻnatuvchiga qaytarib yetkazib berishimiz mumkin.



Xalqaro joʻnatmalar

Mega Courier Express posilkalar, xat-xabarlar, yuklar va boshqa turdagi joʻnatmalarni xalqaro manzillarga yetkazib berishni amalga oshiradi. Joʻnatmalar dunyoning 97 davlatlariga, shu jumladan yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.

Oʻz joʻnatmalarini yetkazib berishni MCE kompaniyasiga ishonib, mijozlar ularning xat-xabarlari yoki yuklari eng qisqa vaqt ichida manzilga yetkazib berilishiga amin boʻlishlari mumkin. Xalqaro yetkazib berish muddatlari, koʻrsatilgan manzil va joʻnatmaning logistikasiga qarab, 5 ish kunini va undan koʻproq vaqtni tashkil qilishi mumkin.



Internet-magazinlar-fulfilment

Mega Courier Express internet-magazinlar uchun ham kompleks, ham individual logistik yechimlarni taklif qiladi.